top of page
111 (6).jpg

NEWS

news 2025 3.png

Namangan - Anqara madaniy aloqalari mustahkamlanmoqda

Namangan - Anqara madaniy aloqalari mustahkamlanmoqda

Turkiyada joylashgan O‘zbekiston elchixonasida Namangan viloyati va Anqara shahri o‘rtasidagi hamkorlik masalalariga bag‘ishlangan muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida madaniyat, tarix, turizm va qurilish sohalarida hamkorlikni kengaytirish istiqbollari atroflicha muhokama qilindi.

Uchrashuv doirasida Namangan viloyatining boy tarixiy va madaniy salohiyati haqida batafsil ma’lumot berildi. Xususan, Ahsiqent arxeologik parki – qadimiy shaharning tarixiy merosi, olib borilayotgan restavratsiya ishlari va uni xalqaro turizm markaziga aylantirish bo‘yicha rejalar ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.

64-Xalqaro gullar festivali – xalqaro hamjamiyat e’tiborida

Shuningdek, Namangandagi 64-Xalqaro gullar festivali haqida taqdimot o‘tkazildi. Festivalning yuksak darajada o‘tkazilishi, unda xorijiy ishtirokchilarning ko‘pligi va turizmga ta’siri alohida ta’kidlandi. Bu tadbir Turkiya tomonida katta qiziqish uyg‘otib, kelgusida turk kompaniyalarining ham faol ishtirokini ta’minlash masalasi ko‘tarildi.

Qurilish va investitsiya sohalarida ham hamkorlik rejalashtirilmoqda

Uchrashuvda, shuningdek, Namanganda olib borilayotgan urbanizatsiya ishlari, yangi turistik komplekslar va infratuzilma loyihalari bo‘yicha ham Turkiya tomonining ishtiroki mumkinligi ta’kidlandi. Ayniqsa, turk qurilish kompaniyalari uchun O‘zbekistondagi investitsion muhitning jozibadorligi alohida ta’riflandi.

So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling

Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling

Turkiya universitetlari jahon reytingida yuqori o‘rinlarni egalladi

Turkiya ta’lim tizimi Bolonya standartlari bo‘yicha yuqori baho oldi

Turkiyaning nufuzli tibbiyot universiteti Buxoroda o‘z faoliyatini boshladi

SO'NGI YANGILIKLAR

Istanbulda ta’lim sammiti: O‘zbekiston ham ishtirok etdi

Turkiyada ta’lim olish imkoniyatlariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi

Istanbul aeroporti – global aviasiya markaziga aylanish yo‘lida yana bir qadam!

O‘zbekistonlik tadbirkor Mansurjon Nurmatov Turkiyada nufuzli mukofotga sazovor bo‘ldi

Namangan - Anqara madaniy aloqalari mustahkamlanmoqda

Trabzon va Buxoro — endilikda birodar shaharlar!

Ege Universiteti bilan O‘zbekiston o‘rtasida yangi hamkorlik yo‘lga qo‘yildi

bottom of page