.jpg)
NEWS
.png)
Turkiya universitetlari jahon reytingida yuqori o‘rinlarni egalladi
Turkiya ta’lim tizimi Bolonya standartlari bo‘yicha yuqori baho oldi
Turkiyaning oliy ta’lim tizimi xalqaro miqyosda yuksak bahoga sazovor bo‘ldi. Yaqinda Yevropa Komissiyasi tomonidan e’lon qilingan hisobotga ko‘ra, Turkiya Bolonya jarayoni doirasida ta’lim sifatini muvoffaqiyatli moslashtirgan davlatlar qatorida yuqori baholandi.
Bu yutuq Turkiyada xalqaro talabalar uchun zamonaviy, qulay va sifatli ta’lim muhitining shakllanayotganidan dalolat beradi.
Asosiy afzalliklar!
Diplomlar Yevropa bo‘ylab tan olinadi.
Turkiya universitetlarida olingan diplomlar Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida rasmiy hujjat sifatida qabul qilinadi, bu esa bitiruvchilarga xalqaro miqyosda ishlash va tahsilni davom ettirish imkonini beradi.
Kredit tizimi Yevropa standartlariga mos.
ECTS (European Credit Transfer and Accumulation System) tizimining joriy etilishi turli davlatlardagi universitetlar o‘rtasida o‘qish natijalarini tan olishni osonlashtirmoqda.
Akademik mobil va almashinuv imkoniyatlari kengaymoqda.
Talabalar uchun “Erasmus+” kabi xalqaro dasturlarda qatnashish, boshqa mamlakatlarda bir semestr yoki bir yil o‘qish imkoniyatlari yaratilmoqda.
Mazkur yangilik Turkiyada tahsil olishni rejalashtirayotgan yoshlar uchun yana bir ishonchli dalildir: ular zamonaviy, sifatli va xalqaro darajada tan olinadigan ta’lim olishmoqda.
Bolonya jarayoni nima ?
Bolonya jarayoni — Yevropa mamlakatlari o‘rtasida yagona ta’lim makonini yaratish maqsadida boshlangan xalqaro ta’lim islohoti. Ushbu tizim 1999-yilda Italiyaning Bolonya shahrida asos solingan.
Asosiy maqsadlari:
Yevropa bo‘ylab diplomlar va baholarni o‘zaro tan olish;
Talabalar va o‘qituvchilar uchun akademik harakatlilikni kengaytirish;
Ta’lim sifatini oshirish va umumiy standartlarni belgilash;
ECTS (kredit) tizimini joriy qilish orqali o‘qish natijalarining shaffofligini ta’minlash.
Bugungi kunda 40 dan ortiq davlat ushbu tizimda faol ishtirok etmoqda. Turkiya ham Bolonya jarayonining to‘laqonli a’zosi sifatida xalqaro talabalar uchun o‘z darajasini doimiy oshirib bormoqda.
Turkiya universitetlari jahon reytingida yuqori o‘rinlarni egalladi
Turkiya ta’lim tizimi Bolonya standartlari bo‘yicha yuqori baho oldi
Turkiyaning nufuzli tibbiyot universiteti Buxoroda o‘z faoliyatini boshladi
SO'NGI YANGILIKLAR
Istanbulda ta’lim sammiti: O‘zbekiston ham ishtirok etdi
Turkiyada ta’lim olish imkoniyatlariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi
Istanbul aeroporti – global aviasiya markaziga aylanish yo‘lida yana bir qadam!
O‘zbekistonlik tadbirkor Mansurjon Nurmatov Turkiyada nufuzli mukofotga sazovor bo‘ldi
Namangan - Anqara madaniy aloqalari mustahkamlanmoqda
Trabzon va Buxoro — endilikda birodar shaharlar!
Ege Universiteti bilan O‘zbekiston o‘rtasida yangi hamkorlik yo‘lga qo‘yildi